Noodatiy yegulik tayyorlab oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘taring.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- tovuq filesi — 400 g;
- tuz, murch;
- pomidor;
- qattiq pishloq — 70 g;
- mayonez — 3-4 qoshiq;
- xantal — 2 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Piyozni yarim dumaloq shaklda kesib chiqing.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada 3-4 daqiqa qovuring.
- Oshxona bolg‘asida urilgan tovuq filesiga murch, tuz seping.
- Pomidorni ingichka qilib kesing.
- Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, tuxum, mayonez va xantal qo‘shib aralashtiring.
- Qandolat qog‘ozi solingan listga tovuqni solib, ustidan pishloq va pomidor qo‘ying.
- Pishloqli aralashma quying va 200 daraja qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida qovurib oling.
Yoqimli ishtaha!