Mazkur retsept asosida tayyorlangan yegulik Hindiston va Yaqin Sharqdagi eng mashhur shirinliklardan sanaladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kanadalik qo‘shiqchi Tesher va amerikalik Jeyson Derulo ismli xonandalar tomonidan kuylangan “Jalebi baby” nomli qo‘shiq qisqa fursat ichida ommalashib ketgan. Klip 2021-yilning 13-iyulida YouTube’ga joylangan, hozirgacha 73 million marta tomosha qilingan. Klip tufayli qiziqish uyg‘ongan “Jalebi”ni qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Kerakli mahsulotlar:

  • un — 125 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq;
  • tuz — 1 choy qoshiq;
  • yogurt — 3 osh qoshiq;
  • maydalangan kardamon — 1,5 choy qoshiq;
  • zarchava — 1,4 qoshiq;
  • suv — 240 ml;
  • shakar — 200 g;
  • za’faron — bir chimdim;
  • limon sharbati;
  • o‘simlik yog‘i — 500 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Unga razrixlitel va soda qo‘shib aralashtiring;
  • Yogurt va kardamonning yarmini qo‘shib aralashtiring.
  • Zarchava, suv va kardamonni sanchqi yordamida aralashtiring.
  • Xamirni ustini yopib 10–12 soatga xonada qoldiring.
  • Shakar bilan suvdan qiyom tayyorlab oling.
  • Kardamonning yarmi, za’faron va limon sharbati qo‘shib 5 daqiqa qaynating.
  • Xamirni sanchqi bilan aralashtirib butilka yoki qandolat qopchasiga soling.
  • Qizigan yog‘ga xamirni spiral shaklida soling.
  • Har ikki tomonini 2-3 daqiqa qovurib oling.
  • Pishishi bilan qiyomga botirib oling va tarelkaga terib chiqing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz