Tez va oson tayyorlanadigan quymoq nonushta uchun ayni muddao.
— Manba: «Daryo» nashri.


Foto: “Gastronom”
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum — 2 dona;
- banan — 1 dona;
- sariyog‘ (qovurish uchun).
https://www.instagram.com/p/CNEJeydAAJz/?utm_source=ig_embed&ig_rid=bc789c18-155b-4440-b68d-e4e490e36d80 Tayyorlanish jarayoni:
- Chaqilgan tuxumni ko‘pik holiga kelgunicha yaxshilab aralashtiring.
- Banan qo‘shing va blender yoki sanchqida aralashtirishda davom eting.
- Xushbo‘y ifor taralishini istasangiz, bir chimdim dolchin qo‘shishingiz mumkin.
- Sariyog‘ solingan tovaga bir osh qoshiqni to‘ldirib aralashmadan soling.
- Tillarang bo‘lgunicha o‘rtacha olovda pishirib oling.
- Ikkinchi tarafini o‘girib qizargunicha pishiring.
- Dasturxonga tortishdan avval smetana, asal yoki mevalar bilan bezashingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!