Noodatiy va shu bilan birga mazali yegulik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- bodring — 2 dona;
- tuxum — 2 dona;
- shakar — 0,5 stakan;
- vanilin;
- un — 1 stakan.
Tayyorlanish jarayoni:
- Bodringni qirg‘ichdan chiqaring.
- Tuxumga shakar va vanilin qo‘shib, blenderda aralashtiring.
- Aralashtirishni to‘xtatmagan holda un va bodring qo‘shing.
- Aralashmani keks uchun mo‘ljallangan maxsus idishlarga solib chiqing.
- 180 daraja qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib oling.
- Ustini krem yoki shokolad qirindisi bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
