Karnay-surnay sadolari, to‘y-tomoshalar bilan Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida yashovchi Muhayyo opa kelin tushirdi. Kelin ham oydekkina, chiroylikkina ko‘rganlar havas qiladi. Kelinchak yaqindanmas naq Angliyadan O‘zbekistonga kelin bo‘ldi, deb xabar bermoqda Zarnews Fotima O‘ktamovaning Facebook sahifasiga tayanib.

Foto: Zarnews

Muhayyo opaning o‘g‘li Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishib, bir-birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Jena Angliyada tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsa-da, odob-axloqli, hayoli, mehribon qiz bo‘lib chiqdi. Uning otasi Maykl va Kristina xonim o‘zbek yigitining oqko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib, qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘ldi.

Foto: Zarnews

Yangi kelinchak o‘zbek urf-odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Ko‘cha-hovlilarni supurib, suv sepib, hammayoqni orasta qilib, milliy taomlarni ham tayyorlashni zukkolik bilan bajaryapti. Doimo samimiy tabassum bilan yurishi Muhayyo opani yanada quvontirdi. Muhayyo opa Angliyalik kelinini Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqiradi, deyiladi xabarda.

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

От qwert.uz