Saudiya Arabistoniga 101 yoshli Atar Bibi Haj ziyoratini ado etish uchun keldi. Bu haqda Saudi Gazette nashriga tayanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ushbu ulug‘ yoshli ziyoratchi Madina aeroportida Saudiya Arabistonining Haj vazirligi vakillari tomonidan kutib olingan. Atar Bibiga uning 60 yoshli o‘g‘li va qizi hamrohlik qilayotgani aytilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi, .
Atar Bibi Haj— 2019 mavsumining eng yoshi ulug‘ ziyoratchisi ekani qayd etilgan.