Tojikistonning So‘g‘d viloyatida erkak ikki nafar voyaga yetmagan bolasi ko‘z o‘ngida o‘z rafiqasining boshini kesib tashlagani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”

Foto: Google Images

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘g‘d sudi tomonidan Davashtich tumanida yashovchi 35 yoshli G‘ayrat Hidoyatovga nisbatan sud hukmi o‘qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Sud uni Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “Shafqatsizlarcha qasddan odam o‘ldirish” bilan aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yil 19-mart kuni sodir bo‘lgan. Jinoyatchi o‘z uyida 35 yoshli xotini Manzura Ashurova bilan janjallashib qolgan va ko‘za bilan 3 marta boshiga urgan. Ayol hushini yo‘qotib yiqilganidan keyin ikki nafar voyaga yetmagan bolasi ko‘z o‘ngida uning boshini shafqatsizlarcha kesib tashlagan.

Jinoyatchi jazoni og‘irlashtirilgan tartibdagi koloniyada o‘tashi ta’kidlangan.

От qwert.uz