Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi ayol erining haddan tashqari sevgisiga dosh berolmagani uchun ajrashishga ariza berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Foto: Depositphotos
Turmush qurganlar o‘rtasida yil davomida janjal bo‘lmaganligi va er unga hech qachon baqirmaganligi, har doim mehribon bo‘lganidan ayolning ko‘ngli to‘lmagan. Shu bilan birga, uning eri ba’zan yordam so‘ramaganligiga qaramasdan, uy ishlarida qarashgani, uy tozalab ovqat pishirgani ayolni g‘azablantirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
“Men bahslashmoqchiman, ba’zan janjallashishni xohlayman, itoatkorlikda qulay hayot kechirmayman. Men bir marta bo‘lsa ham romantik erim bilan bahslashmoqchiman, lekin u meni doim kechiradi va sovg‘alarga ko‘mib tashlaydi”, — deb tan oldi ayol.
Erkak, o‘z navbatida, hech qanday yomon ish qilmaganiga ishonadi va shunchaki ideal er bo‘lishni xohlaydi.
U sudyadan xotiniga da’voni qaytarib olishni tavsiya qilishini so‘radi. Sud er-xotinlarga yarashish uchun imkoniyat berish maqsadida ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi.