1. Jeff Bezos (Jahon boylari reytingida birinchi o‘rin –  $131 milliard sohibi)

Foto: MAX RAPP / Patrick McMullan via Getty Images

Amazon kompaniyasining asoschisi Jeff Bezos ekologik toza mahsulotlaridan tayyorlangan nonushtani yaxshi ko‘radi. Yarim tayyor, yog‘li mahsulotlarni esa umuman yoqtirmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

2. Bill Geyts (Jahon boylari reytingida ikkinchi o‘rinda – $96,5 milliard sohibi)

Foto: “Eric Vidal / REUTERS”

Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatining tarafdori emas. U kuniga 3-4 banka kofeinsiz kola ichadi. Turmush o‘rtog‘i Melindaning so‘zlariga ko‘ra, milliarder umuman nonushta qilmas ekan.

Biroq Gates Foundation rahbari Jo Serelning aytishicha, Bill bilan tushlik qilmoqchi bo‘lgan odam, albatta, chizburger yoki McDonald’s’dan fast food yeyishga majbur bo‘ladi.

3. Mark Suckerberg (Jahon boylari reytingida sakkizinchi o‘rin – $62,3 milliard sohibi)

Foto: “Andrew Harrer / Bloomberg via Getty Images”

2011-yildan boshlab Facebook asoschisi, faqat o‘zi o‘ldirgan hayvon go‘shtini iste’mol qiladi.

4. Ilon Mask (Jahon boylari reytingida qirqinchi o‘rin – $22,3 milliard sohibi)

Foto: “Monty Brinton / CBS via Getty Images”

Tesla va SpaceX kompaniyalarining bosh direktori erta sahardan “Mars” shokoladli batonchasini yeydi. U uchun tushlik ahamiyatli emas. U olib kelingan taomni besh daqiqada paqqos tushiradi. Milliarder uchun muzokaralar va biznes rejalar muhokama qilinadigan kechki ovqat muhim. U fransuz oshxonasini hamda barbekyuni juda yaxshi ko‘radi.

5. Stiv Jobs

Foto: “Tim Graham Picture Library / Getty Images”

Apple asoschisi Stiv Jobs sabzi va olmani haftalab, ba’zida esa faqatgina meva, sabzavotlar, yong‘oq, don va urug‘li mahsulotlarni iste’mol qilishi mumkin edi.

От qwert.uz