Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangandan so‘ng Andijon viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga har kuni 40 nafarga yaqin fuqaro avtomobili oynalarini qoraytirish masalasida murojaat qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Autostrada

Viloyat YHXB xodimi Diyorbek Abdurazzoqovning aytishicha, joriy yil 5—27-avgust kunlari viloyat bo‘yicha jami 993 kishi mashina oynalarini qoraytirgan.

Ularning 48 nafari 11 million 150 ming, 945 nafari esa 2 million 230 ming so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirgan.

Ushbu to‘lovlardan davlat budjetiga jami 2 milliard 642 million 550 ming so‘m kelib tushgan.

От qwert.uz