4-sentabrdan boshlab banklarda “tonirovka” uchun ruxsatnoma berish to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu qaror ruxsatnoma berish uchun qo‘shimcha nuqtalar faoliyatiga boshqa ehtiyoj yo‘qligi uchun qabul qilindi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

4-sentabrdan boshlab “tonirovka”ga ruxsatnoma olish uchun faqat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining yettita bo‘linmasiga murojaat qilish mumkin.

Shu paytga qadar aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB to‘rtta bank rahbariyati bilan kelishgan holda “tonirovka” uchun ruxsatnoma berishni bank bo‘limlarida yo‘lga qo‘ygan edi. Shuningdek, ushbu xizmat 39 ta hududiy bank bo‘limlarida ham ko‘rsatib kelinayotgan edi.

Qayd etilishicha, hozirgi kelib avtomobili oynasini qoraytirish istagidagi haydovchilar oqimi kamaygan.

От qwert.uz