Markaziy bank 5-sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: Markaziy bank

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9384,57 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 10,64 so‘mga qimmatladi. 1 yevro kursi esa 149,56 so‘mga arzonlab, 10296,75 so‘mni tashkil etdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Bu O‘zbekistonda Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy dollar kursining eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ikki hafta avval o‘rnatilgan rekordga nisbatan dollar kursi 57 tiyinga qimmatladi.

От qwert.uz