Turkmaniston shimolidagi Toshhovuz viloyati qishloqlari bo‘shab qolmoqda, deb yozadi “Xronika Turkmenistana”  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Avvallari bir oiladan bir kishi chetga ishlash uchun ketgan bo‘lsa, hozirga kelib butun boshli oilalar butun umrga mamlakatni tark etmoqda.

Medey, Dyuechi, Derman, Paxtalik, Gurbansoltan-eje kabi qishloqlarning yarmidan ko‘proq aholisi xorijga ketgan.

“Qishloq hovlisi bu uy parrandalarining ovozi, bolalar shovqini. Hozir esa hammayoq tinch, hovlilar bo‘sh, uylar yopiq. Faqat it va mushuklar tashlandiq hovlilar hamda ko‘chalarda sang‘ib yuribdi.

Aksariyat oilalar uylarini sotmay ketmoqda. Ular qachondir vatanda hayot yaxshi bo‘lsa, qaytib kelishga umid qilmoqda. Ko‘pchilik esa ‘Bizga bunday vatan kerak emas!’ deya bir umrga ketmoqda”, — deydi qishloqda yashovchi fuqarolardan biri.

Qayd etilishicha, qishloqda uy sotish juda mushkul. Xaridor yo‘q. Puli bor odamlar allaqachon uy sotib olgan. Bu yerda uylar besh mingdan 10 ming dollargacha baholanadi.

От qwert.uz