O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 4-sentabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Foto: Akipress
Tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiyaga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayyorlash maqsadini ilgari surgan holda o‘zlariga asosiy vazifalarni belgilab oldi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Bolgariya, O‘zbekiston—Chexiya va O‘zbekiston—Polsha hukumatlararo komissiyalarining 2019-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari birinchi navbatda ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan borishi haqda may oyida xabar bergandi.
Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning aprelida ikki kunlik tashrif bilan Rossiyaga borgan, o‘shanda tashrifi doirasida umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan hujjatlar imzolangan edi.