Toshkent sirkidagi tomosha vaqtida gimnastikachi qizning balandlikdan yiqilib ketishi aks etgan video e’lon qilindi (video)

Byqwert.uz

5 сентября, 2019

Avvalroq, Toshkent sirkida tomosha vaqtida baxtsiz hodisa yuz bergani, gimnastikachi qiz balandlikdan yiqilib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan video e’lon qilindi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 1-sentabr, yakshanba kuni “O‘zbek davlat sirki”da bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) “Juftlik polotno” nomerini amalga oshirayotgan vaqtida yiqilib tushgan.

Qayd etilishicha, hozirda Irina Valterning ahvoli yaxshi, uy sharoitida davolanish ishlari davom ettirilmoqda.