O‘zbekistonda bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Foto: Zarnews

Jadvalda  kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Masalan, bakalavriatning pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

  • Stipendiya bilan — 10 792 960 so‘m (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobar);
  • Stipendiyasiz — 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m — 4 800 000 so‘m).
  • 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

Ma’lumot uchun:

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019-yil 1-avgustdan boshlab 634 880 so‘m etib belgilangan.

От qwert.uz