O‘zbekiston Respublikasining dermotovenerologiya xizmatini yaxshilash borasida oldinda turgan dolzarb masalalar qatoriga teri va tanosil kasalliklarini tekshirish va davolash standartlarini ishlab chiqish, barcha bosqichlarda ularni tadbiq etish va mustahkamlash, kompyuterlashtirish, dispanserlash va boshqalar kiradi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham davlat yig‘ilishlarida ta’kidlab o‘tilgan. Shuning asosida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi №563 qarori “O‘zbekiston Respublikasida 2017—2021-yillarda dermotovenerologiya xizmatini yaxshilash chora-tadbirlari” qabul qilindi. Bunga asosan barcha dermotovenerologiya xizmati tashkilotlari yuqori texnologiyali asboblar bilan ta’minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil qilinmoqda, amaliyotga esa ilmning yangi yutuqlari tadbiq etilmoqda.
Buning natijasida O‘zbekistonda MDH davlatlari orasida ilk bor xalq tilida oq dog‘ deb ataladigan vitiligo kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash yo‘lga qo‘yildi.
Yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor natijasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar, malaka almashish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Birgina misol, har yili dermotovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qilish uchun an’anaviy o‘zkazib kelinadigan xalqaro anjuman 6—7-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ruminiya, AQSh, Italiya va jahonning boshqa mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar tashrif buyurishadi. Qatnashchilar bugungi kundagi dermotovenerologiya va tibbiy kosemetologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklarni muhokama qilishadi. Yilda bir marotaba o‘tkaziladigan bunday anjumanlar tibbiyot rivojida juda muhim hisoblanadi. Shuningdek, anjumanda Farmasevtik va kosmetologik kompaniyalar, test-tizimi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek tibbiy va laboratoriya jihozlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Aslida kasallikning yaxshisi bo‘lmaydi, ularning barchasi noxushlik olib keladi. Vitiligo xastaligi esa dilni xira qiluvchi kasalliklar safiga kiradi. Xalq tilida “oq dog‘” nomi bilan tarqalgan ushbu kasallik necha yillardan beri insonlarni qiynaydi. Kasallikni davoluvchi usullar juda ko‘p, xalq tabobatida ham, tibbiyotda ham ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Ammo bu injiq hastalikni birdaniga tuzatib yuborish qiyin. Bunday davolanish usulidan biri malakali jarrohlik amaliyotidir va u faqatgina jahonning boshqa rivojlangan mamlakatlarida amalga oshirilar edi. Endi esa bu o‘tmishga aylandi. Davlatimiz rahbarining aholining salomatligi, sog‘lom turmush tarziga ko‘rsatayotgan katta e’tibori o‘laroq bunday jarrohlik amaliyotini endi O‘zbekistonda ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Bundan tashqari Prezidentimiz topshirig‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Dermotonevrologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AQShning Candella kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Picoway va Vbeam Perfecta kabi lazer texnologiyalari yordamida teridagi boshqa turdagi dog‘ va nuksonlarni butunlay bartaraf etish imkoni paydo bo‘ldi.
268 ming AQSh dollariga keltirilgan bu lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida keng foydalaniladigan eng kuchli va sifatlisi hisoblanadi. Keltirilgan zamonaviy tibbiy anjomlar yordamida yuzdagi va teridagi turli nuqsonlar, kasalliklardan osongina xalos bo‘lish mumkin.
Endi hech qanday choksiz, og‘riqlarsiz lazer texnologiyalar orqali kasallikdan qutulish imkoni bor. Bunday yangilik nafaqat sog‘liqni saqlash sohasida katta yutuq balki turizm sohasi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shadi.
Avvallari bemorlar rivojlangan Yevropa mamlakatlariga borib bunday jarrohlik amaliyotini o‘tab qaytgan bo‘lsa MDH mamlakatlari aholisi endi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bunday harakatlar albatta O‘zbekiston imijini xalqaro miqyosda yanada yuksaltirishga qo‘shilayotgan bir qadamdir.
Ma’lumot uchun
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, Toshkent 100102
+99893 0010085
+99890 9352025
+99894 6374043
Reklama huquqi asosida.