Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Foto: “Bigmir”
Tergov hujjatlariga ko‘ra, 6-sentabr kuni soat 21:00 larda Navbahor tumani, Yangiyo‘l mahallasida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R. turmush o‘rtog‘i 1980-yilda tug‘ilgan M.A. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan urib, qasddan o‘ldirgan.
Navoiy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi viloyat prokuraturasiga tayanib, “Kun.uz” muxbiriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Sh.R. turmush o‘rtog‘i M.A. bilan o‘rtalarida oldindan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik zamirida uni o‘ldirish maqsadida yashash xonadoniga kelib, ushbu xonadon hovlisiga yashirin ravishda devordan oshib kirgan. U M.A.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, xonadagi kiyim javoni ortiga yashiringan va turmush o‘rtog‘i xonaga kirishini poylab turgan.
Shu kuni soat taxminan 20:20 larda M.A. ishdan kelib, egnidagi kiyimlarini almashtirish maqsadida yotoqxonasiga kirgan vaqtida Sh.R. xonadagi kiyim javoni ortidan chiqib, ayolga hujum qilgan. Bo‘yin, ko‘krak qafasi va qorin sohalariga qo‘lidagi oshxona pichog‘ini bir necha marta sanchib olib, unga o‘tkir kesuvchi-sanchuvchi og‘ir jarohatlar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. M.A. olgan tan jarohatlaridan ichki va tashqi qon ketishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.R. protsessual tartibda qo‘lga olingan.Telegram’ingizda hali ham “Daryo”ning rasmiy kanali yo‘qmi? Join!