UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Poryega qarshi jangdan qancha miqdorda pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Twitter

Rossiyalik sportchi oldindan aytilgan 6 million dollardan tashqari, musobaqaning eng yaxshi jangchisiga atalgan 50 mingga ham ega chiqdi. Shuningdek, Habib media-tadbirlarda qatnashgani uchun 40 ming dollarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, Nurmagomedov translyatsiya sotuvidan tushgan puldan ham ulush oladi.

Kafolatlangan 6 million UFC tarixidagi rekord gonorar hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, mag‘lub bo‘lgan Dastin Porye jang uchun 290 ming dollarga ega bo‘ldi.

От qwert.uz