Angren shahridagi temiryo‘l kesishmasida 10-sentabr kuni soat 4:00 atrofida yuz bergan YTH oqibatida salonida besh kishi bo‘lgan Damas’ni yuk poyezdining relsdan chiqib ketgan vagoni bosib qolgan edi.
Hodisa guvohlari YTHdan so‘ng ko‘p o‘tmay olingan videoni taqdim etdi. Unda Damas’ning majaqlanib ketganini ko‘rish mumkin. “Bu Damas’dan odam sog‘ chiqmasa kerak”, deydi hodisa guvohlaridan biri — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida Damas’da bo‘lgan ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar ularning hayoti uchun kurash olib bormoqda.
Mavzuga doir: Angrendagi yirik YTH “Toshkent—Farg‘ona” yo‘lining yopilishiga sabab bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar