Hurmatli abituriyentlar, har doim iyul—avgust oylarida o‘tkaziladigan OTM imtihonlari, 2020-yil 5 ta fandan bo‘lishi rostmi? Agar shunday bo‘lsa, bu imtihon jarayoni qanday bo‘ladi, degan gap-so‘zlar abituriyentlar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Avvalo shuni bilish kerakki, bu imtihon jarayonida o‘tkaziladigan sinovlar majburiy fan va ixtiyoriy fanlarga bo‘linadi. Masalan, tabiiy fanlar yo‘nalishida tarix (faqat O‘zbekiston tarixi), ona tili (adabiyot yo‘q) va matematika majburiy fan bo‘lsa, kimyo, biologiya ixtiyoriy fan hisoblanadi.

DTMdagi ishchi guruhning aytishicha, bu jarayonda ixtiyoriy tanlangan ikkita fandan 60 ta test, majburiy fandan 10—15 tadan, jami: 30—45 ta test bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bunday jarayon abituriyentlar va ota-onalar o‘rtasida: “5 ta fanga pul to‘lab o‘qiymizmi?”, — degan savollarni paydo qilmoqda. Biz bunga javoban “yo‘q!” deymiz.

Biz buni uchta fan hisobida o‘qitamiz, buning uchun maxsus dastur ham ishlab chiqilgan. Shuning uchun bizning o‘quv markazimizga tashrif buyuring va tajribali o‘qituvchilar darsini tinglab saralash oyida ishtirok eting.

Bizning 10 yillik tajribaga ega UzStudy jamoasida yetishib chiqqan minglab shogirdlar davlatimizning turli sohalarida, asosan, organ va meditsina sohalarida faoliyat yuritmoqda.

OTM imtihonlaridagi o‘zgarishlar natijasida va talabchan ustozlarimiz ko‘magida yillik natijalarimiz 80 foizdan tushmay kelmoqda. Bir necha yillardan buyon omadi chopmayotgan va haqiqiy bilimli yigit-qizlar uchun biz omad kaliti bo‘lmoqdamiz, desak yanglishmaymiz.

Siz-chi? Aziz abituriyent, siz tinimsiz mehnat va shuncha tayyorgarlikdan so‘ng ham talaba bo‘la olmadingizmi? Balki sizning bilim darajangiz shunday imkoniyatlardan ham foydalanish uchun yetarli bo‘lmagandir?

Sababini bizdan topasiz. Bizning pedagoglar har bir abituriyent bilan individual yondashib, zamonaviy metodlarni qo‘llagan holda darslarni puxta olib borishadi.

Eng asosiysi, bizda o‘qituvchilar belgilangan ikki soatda darsni tugatmaydi. O‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha darslar qo‘yiladi. Ayniqsa, imtihonga ikki oy qolganda darslar nihoyatda kuchaytirilib bir yillik dasturni ikki oy ichida qaytarib chiqishga erishasiz.

Sentabr saralash oyida ishtirok eting va siz ham talabalikka haqiqiy da’vogar bo‘ling!

O‘qituvchilarimizning yana bir ustun tomoni ota-onalar bilan hamkorlikda darslarni olib borilishi va farzandlarining o‘zlashtirish holatidan xabardor qilib borilishidir.

Xullas, bizdagi tezkor o‘qish dangasa abituriyentlar uchun emas! Buning uchun sizda ishtiyoq bo‘lishi yetarli.

Mana shunday usulda tayyorlanish natijasida har yili 87 foiz abituriyentlarimiz talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishadi.

Bundan tashqari, shu yil 60 foiz abituriyentlar ba’zi fanlardan 100 foizli natijaga erishgan.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, endi sizlar bizning UzStudy o‘quv markazimizda o‘zingiz tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘ribgina qolmay, turli chegirmalarga ham ega bo‘ling.

Shuningdek, talabalar va abituriyentlarga ingliz tili kurslari va IELTS sertifikatini olishning samarali va kafolatli tizimini taklif qilamiz (3—6 oy ichida 6—7 ball)Siz uchun IELTS darslarini 8 ballga ega IELTS o‘qituvchimiz Khusan Davlatov olib boradi.

IELTS uchun 1-oktabrgacha chegirmali aksiyani e’lon qilamiz.

Yana bir muhim yangilik — IELTS, nemis va ingliz tili kursini tamomlagan bitiruvchilarni Koreya, Xitoy va Germaniya davlatlariga bakalavr va magistratura bosqichiga consulting firmamiz orqali shartnoma asosida imtiyozli joylashtiramiz. Shu yil o‘zimizda o‘qigan 100 ga yaqin bolani chet el oliy o‘quv yurtlariga joyladik.

Bundan tashqari, Allamurotov G‘afur rahbarligidagi rus tili kursimizga taklif qilamiz, bu ustozimiz 13 yillik tajribaga ega bo‘lib, uning darsiga qatnashganlar 3 oyda rus tilida bemalol gaplasha olishadi, o‘ta tajribali ustoz darsiga bir marta qatnashib ko‘ring.

Men Rahimov Sobir, birinchi harakatda UzStudyda o‘qib IIV akademiyasi kursanti bo‘lib abituriyentlikni tark etdim.

UzStudy’da mening juda ko‘p yaqinlarim va o‘rtoqlarim o‘qib talaba bo‘lgan, bu yerda o‘qigan barcha guruhdoshlarim talabaga aylandi. Barchaga omad!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Bizning UzStudy abituriyentlar maktabida yuqori tajribaga ega malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Siz o‘quv jarayoni davomida nafaqat nazariy bilim, balki ruhiy va ma’naviy saboqlardan ham xabardor bo‘lib borasiz. Bu 1-avgust test sinovlarida sizga asqatadi.

Tabiiy fanlar:                                            Aniq fanlar:

— Kimyo (o‘zbek, rus)                                — Matematika (o‘zbek, rus)

— Biologiya (o‘zbek, rus)                           — Fizika (o‘zbek, rus)

— Ona tili va adabiyot.                               — Ona tili va adabiyot (rus tili va adabiyoti)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar:                Iqtisod yo‘nalishi:

— Ona tili va adabiyot                                 — Matematika

— Ingliz tili (o‘zbek, rus)                            — Ingliz tili

— Tarix (o‘zbek, rus)                                   — Ona tili va adabiyot

Xorijiy tillar:

  • Koreys tili
  • Xitoy tili
  • Rus tili
  • Ingliz tili
  • Nemis tili

Nima uchun UzStudy o‘quv markazini tanlaymiz?

1. Bu markazda samaradorlik yuqori bo‘lib, tahsil olgan o‘quvchilarning 80-90 foizi oliy o‘quv yurtlarining talabasiga aylanadi;

2. O‘qituvchilar ishga chin ko‘ngildan yondashadi;

3. O‘quvchilar oylik test sinovi asosida o‘qitiladi. Sinovda maksimal ballning 55 foizidan kam to‘plagan o‘quvchilar o‘qitilmaydi;

4. Har bir sinflardagi o‘quvchilar o‘z bilim va darajalariga ko‘ra taqsimlanadi;

5. Har bir kurs uchun belgilangan narxlar hamyonbop;

6. Darslarimizni ota-onalar ham kuzatishi mumkin.

Biz haqimizda batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘quv maskaniga tashrif buyurib, bir marta barcha darslarimizga qatnashib ko‘ring.

Tanlovda adashmang. Kelajagingizni, baxtingizni UzStudy orqali quring! Kelajak sizniki, marra sizniki!

Bu ayni haqiqat, aziz abituriyentlar va ularning ota-onalari! Buning uchun farzandingiz UzStudy abituriyentlar maktabida tahsil olsa kifoya.

Birinchi manzil: Toshkent shahri,Olmozor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy

Mo‘ljal: “Tinchlik” metro bekati yonida (G‘uncha tomon), “O‘zgazloyiha” binosining 4-qavati

Murojaat uchun tel:

+99899 835-26-81,

+99897 410-32-24

Ikkinchi manzil: Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 15-uy.

Mo‘ljal: “Minor” metrosi yonida, Yunusobod xalq qabulxonasi ro‘parasida

Murojaat uchun tel:

+99895 341-34-34,

+99890 129-01-02

Telegram: @Uzstudygroup

Instagram: @Uzstudy_group

Online murojaat: https://t.me/Binkatlik

Reklama huquqi asosida.

От qwert.uz