6-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 775-sonli qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali. Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o‘zining Telegram’dagi kanalida yagona tarif setkasi orqali okladni hisoblashni misol orqali tushuntirib berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Zamin.uz”

Ma’lumki, 1-sentabrdan “eng kam ish haqi miqdori” tushunchasi bekor qilinib, uning o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (634 880 so‘m) hamda bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m) joriy qilingan edi.

Foto: Telegram / “Huquqiy axborot”

Yuqoridagi jadvalda ayni shu savolga javob topish mumkin.

O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning 22 ta razryadi bor. Har bir razryadning oklad ish haqi turlicha bo‘ladi. “Siz o‘zingizni okladingiz qancha bo‘lishini jadval asosida o‘zingiz hisoblab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun razryad ro‘parasidagi koeffitsiyentni 634 880 so‘mga ko‘paytirasiz”, — deyiladi xabarda.

Masalan, 7-razryadda ishlaydigan xodimlarning oklad ish haqi — 1,505 x 634 880 = 95 5494.

Demak, 7-razryaddagi xodimlarning okladi — 955 ming 494 so‘mni tashkil etadi.

От qwert.uz