Mavzuga doir: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Megafon” Ucell sotib olingani haqidagi xabarlarni rad etdi
Rossiyaning eng yirik aloqa operatorlaridan biri “Megafon” kompaniyasi O‘zbekistonning Ucell aloqa operatorini sotib oldi, deb Repost o‘z manbalariga asoslanib xabar beradi.
Foto: “Gazeta.uz”
Biroq, Ucell kompaniyasining matbuot xizmati rahbari Baxtiyor Nasimov Repost muxbiriga ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamagan. Bitim summasi haqida ham aniq ma’lumotlar yo‘q — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Xabarda qayd etilishicha, Ucell kompanisiya qayta tashkil qilish va jihozlash ishlari boshlab yuborilgan. Taxminlarga ko‘ra, Ucell nomi “Megafon”ga o‘zgartiriladi.
Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — “Megafon”ning nazorat qiluvchi aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ucell Coscom brendi ostida 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2007-yilning iyul oyidan TeliaSonera Coscom kompaniyasining asosiy aksiyadoriga aylandi. 2008-yilning iyun oyida Coscom operatori Ucell brendi ostida faoliyat boshladi. Bugungi kunga kelib, kompaniya abonentlari soni 7,1 millionni tashkil qiladi. Ucell 1 yil muqaddam Telia’dan 215 million dollarga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan sotib olingandi.