Rossiya politsiyasi Ravon avtomobillaridan foydalanishi mumkin

Byqwert.uz

22 сентября, 2019

Rossiya politsiyasi O‘zbekistonning Ravon avtomobillaridan foydalanadi. Bu haqda Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Moskvada tashkil etilgan Ravon dilerlari anjumanida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbir davomida ishtirokchilarga Moskva shahar yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan foydalanilayotgan Ravon R4 (Cobalt) avtomobili namoyish etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bundan tashqari, mehmonlarda Ravon Racing poyga jamoasi vakillari va jamoaning avtomobillari bilan tanishish imkoni ham bo‘lgan.

Mavzuga doir: Ravon Rossiya bozoriga qaytmoqda

“Ravon Rossiya bozoriga yaxshi tanish uchta model — R4 (Cobalt), R2 (Spark) va Nexia R3 bilan qaytmoqda. Mashinalar sotuvi rasmiy dilerlik markazlarida shu oydayoq boshlanadi, dilerlik tarmog‘ini sezilarli kengaytirish rejalashtirilgan”, — deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati vakillari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati