O‘zbekistonda mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va hunarmandlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashda foydalanayotgan yog‘och materiallarini qayerdan olayotgani tekshirila boshlanishi mumkin, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.
Foto: “Xabar.uz”
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi mebel ishlab chiqaruvchi korxona va hunarmandlarning faoliyati ham o‘rganilib, ular foydalanayotgan daraxtlar qayerdan kelayotgani atroflicha surishtirilishi taklif sifatida aytib o‘tilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirovning aytishicha, daraxtlarning kesilishiga qarshi kurashish, ularni himoya qilish faqat Davlat ekologiya qo‘mitasi zimmasida emas.
“Viloyat, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari qoshida daraxtlarni parvarishlash, kasalliklarga nisbatan kurash olib borish va bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi mas’ul markazlar mavjud. Ammo ular vazifasini to‘liq bajarmayapti”, — deydi Sobirov.