18-sentabr kuni oqshomda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylanma yo‘lda bir avtomobil keskin manyovrlarni amalga oshirayotgani, bu vaqtda esa YPX xodimlari aylanma yo‘lga kirish joylarini yopib turgani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu holat qachon va qanday sabab bilan yuz bergani haqida izoh berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Unda, jumladan, shunday deyiladi:
13 va 14-sentabr kunlari soat taxminan 02:00—02:30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘lda xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgan.
Yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, atrofdagi yo‘llar va piyodalar yo‘lakchalari poytaxt IIBB YHXB YPX va PPX xodimlari va ekipajlari tomonidan 10—15 daqiqaga berkitildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
IIBB axborotida ekshn-lavha aynan qaysi studiyada tomonidan suratga olinganiga aniqlik kiritilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu jarayon rossiyalik taniqli bloger Erik Davidichning yangi videosi uchun uyushtirilgan.
Mavzuga doir: Otabek Umarov rossiyalik taniqli avtoblogerga test-drayv uchun Mercedes, Maybach va Bentley taqdim etdi