O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab bankomatlar naqd xorijiy valyuta berishni to‘xtatadi. Bu haqda “Ipak yo‘li” bankining press-relizida ma’lum qilingan.

Foto: “Kun.uz”

“O‘zbekiston rezidentlari ‘Ipak yo‘li’ banki kassalarida xalqaro to‘lov kartalaridan naqd xorijiy valyutani to‘siqlarsiz yechib olishlari mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Ayni vaqtda shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 1-oktabridan boshlab bankning xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard va UnionPay)ga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bankomatlari xalqaro to‘lov kartalaridan (xususan, ‘Ipak yo‘li’ banki tomonidan emissiya qilingan xalqaro to‘lov kartalaridan) naqd pulni faqat milliy valyutada beradi”, — deyiladi bank bayonotida.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, 24-sentabrdan boshlab ba’zi bankomatlar xalqaro to‘lov kartalaridagi pulni faqat milliy valyuta (so‘m)da naqd chiqarib berishni boshlagan. Ayni vaqtda bankomatlar ayirboshlash va bank tomonidan chiqarilgan xalqaro to‘lov kartalarini to‘ldirish uchun naqd dollarlarni qabul qilishda davom etmoqda.

“1-oktabrdan boshlab rezidentlar O‘zbekistondagi bankomatlardan (nafaqat bizning, balki boshqa banklarning ham) naqd xorijiy valyutani yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda yechib olishlari mumkin, norezidentlar esa faqat milliy valyutada pul yechib ololadi. Hozirgi vaqtda bankimiz bankomatlarning dasturiy ta’minotini qayta sozlash ishlarini boshladi”, — deya ma’lum qildi “Ipak yo‘li” banki vakillari.

Bank matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston rezidentlari bank mobil dasturida so‘mni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilib, bank kassalarida naqd xorijiy valyuta yechib olishi mumkin. Bunda fuqaroning yonida ichida xorijiy valyuta bo‘lgan xalqaro to‘lov kartasi va pasport bo‘lishi lozim. Markaziy bankdan “Kun.uz”ga ma’lum qilishlaricha, bu choralar birinchi galda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash doirasida ko‘rilmoqda.

“Istalgan normal mamlakatda, hatto qo‘shni mamlakatlarda ham, bankomatlar orqali faqat milliy valyuta olish mumkin. Markaziy bank haqiqatan ham mamlakatning barcha banklariga tegishli ko‘rsatma bilan xat yo‘llagan. O‘zbekistonliklar bankomatlardan naqd xorijiy yechib ololmaydi, lekin pasport bilan bank kassasiga borib, naqd xorijiy valyuta yechib olish mumkin bo‘ladi”, — dedi Markaziy bank vakili.

От qwert.uz