Olmaotada e’lonlar asosida tanlab olingan qozog‘istonlik model qizlar veb-kameralar orqali mijozlar bilan muloqot qiladigan onlayn-pornostudiya yopildi. Shahar politsiya departamentidan ma’lum qilishlaricha, bu Qozog‘istonda fosh etilgan ilk pornostudiyadir  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Olmaota politsiyasi

Pornografik materiallar Olmaotaning Medeu tumanida ijaraga olingan ikkita hashamatli kvartirada suratga olingan. “Ushbu studiyada ish — texnik ta’minotdan tortib qizlarning uch smena almashib ishlashigacha bari tizimli yo‘lga qo‘yilgan”, — deydi politsya podpolkovnigi Daniyar Mendebayev.

Xabar berishlaricha, tintuv jarayonida ko‘plab buyumlar musodara qilingan. Pornoaktrisalarning ish joyi ko‘plab yumshoq o‘yinchoqlar bilan bezatilgan, karavotda esa katta pahmoq ayiqcha bo‘lgan.

Foto: Olmaota politsiyasi

Modellar 1000 dollar maosh va’da qilingani holda e’lonlar orqali saralab olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar studiyada baribir buncha pul ishlay olmagan.

Qizlar AQSh va Yevropadagi saytlar uchun o‘z tanalarini veb-kameralar orqali namoyish etgan, mijozlar esa buning uchun plastik karta orqali Qozog‘istondan tashqarida joylashgan serverga pul to‘lagan.

Fosh etilgan kvartirada model qizlar va texnik ta’minot uchun mas’ul bo‘lgan qirg‘izistonlik dasturchi yigit qo‘lga olingan. Politsiya “pornografik materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

От qwert.uz