Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi ikkinchi qavati derazasidan 9-sentabr kuni ikki chaqaloq uloqtirilgani, bu qilmish chaqaloqlardan birining onasi bo‘lgan 23 yoshli D.X. ismli ayol tomonidan sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura axborotida D.X. o‘z chaqalog‘ining oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganidan achchiqlanib, uni derazadan uloqtirgani ta’kidlangan edi. Repost’ning yozishicha, bu D.X.ning uchinchi homiladorligi edi — birinchisi tushib qolgan, ikkinchisida esa homila 37 haftaligida, kesarcha kesish yo‘li bilan, nogironlik bilan tug‘ilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Kadr: “Zamon”

“Qizingiz nega bunday qildi?”, degan savolga D.X.ning onasi: “Qizimning ichiga shayton kirib olgan”, deb javob bergan. Qizning o‘zi ham Repost muxbirining savoliga taxminan shunday javob bergan.

“Ko‘zimga nuqul shayton ko‘rinadi. Menga u qizimni o‘ldirish, uni derazadan uloqtirish haqida buyruq berdi. Endi esa menga nuqul o‘zimni o‘ldirishim kerakligi haqida gapirmoqda”, — deb aytgan D.X..

От qwert.uz