Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi bog‘da adib G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari bosh qahramoni — Qoravoy sharafiga haykal o‘rnatildi. Bu haqda “Toshkent” telekanali xabar bermoqda.
Haykaldagi Shum bola qiyofasi rejissor Damir Salimovning “Shum bola” filmida aktyor Abduraim Abduvahobov gavdalantirgan obrazdan olingan. Haykal muallifi haqida ma’lumot berilmagan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
“Bu manzarada Shum bola qadim o‘tmishdan go‘yo Toshkentning buguni va kelajagiga nazar solib turgandek taassurot qoldiradi”, — deyiladi “Toshkent” telekanali xabarida.