Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston fuqarolarini eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 95 kun qolgani haqida ogohlantirdi.

Foto: IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

Ushbu muddatga qadar eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi  .

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2011-yildan fuqarolarga biometrik pasport berilishi boshlangan. Fuqarolarning amaldagi nobiometrik pasportlari 2020-yil 31-dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etilgan.

Shanba—yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga ham pasport va viza rejimi bo‘yicha istalgan masalada uchrash mumkin bo‘ladi.

От qwert.uz