Adliya vazirligi O‘zbekistonda 2019-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradigan bir qator muhim yangiliklar va o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Mobil qurilmalar ro‘yxatga olinadi.

O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarning IMEI kodlari ro‘yxatga olinadi.  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bunda ro‘yxatga olish jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali 2019-yil 1-noyabrdan bepul, 2019-yil 1-dekabrdan esa pulli asosda amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-dekabrdan boshlab mobil qurilmani IMEI orqali ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘ladi

Hisoblagichlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qiyoslovdan o‘tkaziladi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

  • yuridik shaxslar uchun — 4 yil;
  • jismoniy shaxslar uchun — 8 yilni tashkil etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda hisoblagichlarni qiyoslash bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z tarbiyasiga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etayotgan fuqarolarni tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yildan tayyorlov kurslarini tamomlagan oilalarga bolalarni tarbiyaga olishga ruxsat beriladi

Suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshadi.

Suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qo‘llash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

Mavzuga doir: Prezident qaroriga ko‘ra suv yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi iste’molchilar tomonidan qoplanadi

Suv quduqlarini qazish uchun ruxsatnoma tegishli idoralar bilan kelishilgandan keyin beriladi.

2019-yil 1-noyabrdan 2021-yil 31-dekabrgacha Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlarida joylashgan konlar hududida suv olish uchun quduqlarni qazishga ruxsatnoma Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan mutasaddi idoralar bilan kelishilgan holda beriladi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan quduqlar bundan mustasno.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning bir necha hududlari suvni tejash rejimiga o‘tadi

Yuqori turistik salohiyatli fuqarolar yig‘inlarining ro‘yxati tuziladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari ro‘yxatini shakllantiradi. Shuningdek, ushbu fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turi ko‘rsatilgan taqdirda ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi beriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo‘ladi

От qwert.uz