Bosh vazir yangi qonun nima uchun kerakligi haqida tushuncha berdi.

«Rossiya «Avtonom runet» ishga tushgandan keyin G’arb Internet xizmatlaridan ajralib chiqmoqchi emas «, — dedi Bosh vazir Dmitriy Medvedev, bloger Anastasiya Ivleevaning YouTube va boshqa platformalarning taqdiri haqidagi savoliga javoban, o’z matbuot anjumanida — deb yozadi
«Mail.ru Hi-Tech» agentligi.

Фото: Depositphotos

«Hech kim hech narsani yopib qo’ymoqchi emas. YouTube mavjud bo’lgan va shunday bo’lib qoladi hamda uning yordamida pul ishlayotganlar yana o’z faoliyatlarini davom etdirishlari mumkin. Garchi bu bizga bog’liq bo’lmasdan, balki YouTubening o’zi olib borayotgan siyosatga bog’liq «, degan fikrlarni bildirdi Bosh vazir.

Medvedevning so’zlariga ko’ra, «avtonom Runet» to’g’risidagi qonun taqiqlarga qaratilgan emas, chunki ularni chetlab o’tish oson. «Kimnidir miyasiga boshqacha fikrlar kelmasligi uchun — Qonun loyihasidan ko’zlangan maqsadlar butunlay boshqa , global tarmoqdan bizni ajratib qo’ymasliklarini ta’minlashdan iborat», dedi u. Medvedev Rossiya Internetini g’arbdan ajratib olish masalasini «mahalliy gap-so’zlar»dan boshqa narsa emasligini bildirdi.

O’z ichki tarmog’ini yaratish zarurati uchun asos sifatida Medvedev Rossiyani SWIFT (ma’lumot uzatish va to’lovlarni amalga oshirish uchun xalqaro banklararo tizim) dan ajratish tahdidini misol sifatida keltirdi. Premyer — internetda o’z kontentlariga ega bo’lgan foydalanuvchilarga Internet haqida tashvishlanmaslikni tavsiya qildi.

От qwert.uz