“Sof.uz” fotosuratchi Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiyning bir asr avval O‘zbekiston hamda qisman Turkmaniston va Qirg‘izistonning yuz yil avvalgi holatini ko‘rsatuvchi suratlari jamlanmasinitaqdim etdi.
Registon maydoni yuz yil burun shunday edi.
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Suratlarning mavzusi xilma-xil – Buxoroning mashhur va so‘nggi amiri Sayid Olimxondan tortib uning zindonida yotgan zanjirlangan mahbuslargacha, dashtdagi ko‘chmanchilardan shahardagi savdogar-u tilanchilargacha tasvirlangan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
1863-yil Rossiyaning Vladimir guberniyasida tug‘ilgan Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy fotosuratchi, kimyogar, kashfiyotchi va noshir edi. U dunyoda birinchilardan bo‘lib rangli surat olishni yo‘lga qo‘ygan. 1917-yil inqilobidan keyin Fransiyaga muhojirlikka ketgan va 1944-yil o‘sha yerda vafot etgan Prokudin-Gorskiyning arxivida 4 000 dan oshiq turli mavzulardagi suratlar bo‘lgan. Afsuski, bugungi kungacha bu suratlardan 2 000 ga yaqinigina yetib kelgan va hozirda AQSh Kongress kutubxonasida saqlanadi.
Prokudin-Gorskiyning asosiy fotosuratlari Rossiyadagi o‘sha davr hayotini aks ettirgan. Shu bilan birga u 1904—1916-yillar davomida Rossiya imperiyasi tarkibiga kiruvchi hozirgi Ukraina, Belarus, Gruziya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Latviya, Finlandiyada, shuningdek, imperiya chegaralaridan tashqaridagi Fransiya, Turkiya, Shveysariya, Germaniya, Daniya, Italiya va Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘lib, u yerlarda o‘zi muhim sanagan shaxslar, joylar suratlarini tarixga muhrlagan.
Prokudin-Gorskiy olgan fotolar Chor Rossiyasi podshosi Nikolay II qo‘l ostidagi yerlar haqidagi loyihaning bir qismi bo‘lgan. Prokudin-Gorskiy Rossiya podshosiga tegishli bepoyon hududlarning rangli panoramasini tuzishni istagan.
Buxoro zindoni
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Samarqanddagi madarasa talabalari
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Registon maydonidagi savdogarlar
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Mirzacho‘l dashtidagi qirg‘iz ko‘chmanchilar
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Buxoroning so‘nggi amiri Said Mir Muhammad Olimxon
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Samarqandlik qariya qo‘lida ovlagan qushi bilan
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Hozirda Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida joylashgan qadimiy Sulukta ko‘mir konida
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Buxorolik amaldor amirning Sherbudun qasri hovlisida
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Xivani amalda o‘zi boshqargan so‘nggi xon Isfandiyor. Undan keyingi xon Said Abdulla taka-yovmitlar sardori Junaidxon qo‘lida “qo‘g‘irchoq” bo‘lgan.
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Buxorodagi nonvoylar. Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Taka-yovmit qabilasiga mansub oila. Bayramali shahri, hozirgi Turkmaniston
Foto: Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy
Telegram’ingizda hali ham “Daryo”ning rasmiy kanali yo‘qmi? Join!