O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Tohir Miraliyev.
Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi

O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev “Tilla buva” (2011), “Uchar otlar” (2011), “Qovun” (2012), “Jasur” (2011), “Arosat” (2009), “Chavandoz” (2007), “Armon” (1987) kabi ko‘plab filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“‘O‘zbekkino’ milliy agentligi jamoasi hamda O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi”, — deyiladi “O‘zbekkino” xabarida.

От qwert.uz