Havaskor-haykaltarosh Ra Pollet 25 yil davomida har kuni Nyu Mexiko sahrolaridagi qoyalarda ishlab, u yerda sehrli saroylar bunyod qiladi. U yorqin qumtoshlar bilan o‘ralgan yerosti g‘orlarini topadi va ularni bir-biriga bog‘lab, ajib ulkan zallar quradi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Haykaltarosh devorlarni o‘ziga xos o‘ymakorlik bilan bezaydi — har bir g‘or o‘ziga xos uslubda ekani bilan diqqatga sazovor. Ra uzoq yillardan buyon bir o‘zi mehnat qiladi va faqat bitta to‘rt oyoqli yordamchisi, sodiq iti unga ko‘mak beradi.

Foto: Big Picture

Pollet g‘orlarning devor va shiftlarida derazalar ochadi, kunduz kuni oynadan tushgan quyosh nuri ichkariga o‘zgacha tarovat baxsh etadi. Ra sirli yerosti qasrlarini “sof va toza ibodatxonalar”ga o‘xshatadi va u yerda yolg‘iz qolib zaminning qalbi bilan g‘oyibona suhbat quradi. Sangtarosh mehnatidan zavq olish hamda o‘zini-o‘zi quvontirish uchun mehnat qiladi. Ishlayotgan vaqtida g‘orning bir burchagida yashash uchun barcha sharoit mavjud bo‘lgan dam olish joyi tashkil qilib oladi.

Afsonaviy yolg‘iz san’at fidoyisi haqida “G‘orlar bunyodkori” (CaveDigger) deb nomlangan hujjatli film olingan va ushbu kartina o‘z yo‘nalishida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan. 

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

От qwert.uz