AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Donald Tramp bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi, deb yozmoqda Meduza.
Foto: Daily Star Post
Cheklovlar Eron iqtisodiyotining ishlab chiqarish, yengil sanoat, qurilish va konchilik sohalariga nisbatan joriy qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Sanksiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lib, mazkur sohalardagi Eron kompaniyalari bilan biznes yuritgan uchinchi tomonlar ham sanksiyalar ostiga tushadi.
Shuningdek, AQSh Eronning yirik temir va po‘lat ishlab chiqaruvchilariga qarshi maxsus sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, mamlakat rahbariyatining sakkiz nafar vakili shaxsiy cheklovlar ostiga tushgan.
Donald Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalarni 8-yanvar kuni Eronning Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga bergan zarbalariga javoban e’lon qilgan.
AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8-yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi.