Kecha, 10-fevral Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining 92-tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi — Oskar mukofotini topshirish bu safar ham boshlovchilarsiz o‘tdi.

Asosiy sovrin, ya’ni eng yaxshi film uchun Oskar mukofotini tarixda birinchi marta ingliz tilida suratga olinmagan film – Janubiy koreyalik rejissor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kartinasi qo‘lga kiritdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Aktyorlarga mukofot topshirish jarayonida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatilmadi mos ravishda Xoakin Feniks hamda Rene Zelleveger eng yaxshilar deb topildi, ikkinchi darajali eng yaxshi rol ijrochilari sifatida Bred Pitt va Lora Dern e’tirof qilindi.

Eng yaxshi rejissor deb Pon Chjun Xo topildi, shuningdek u eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi.

Tayka Vaytiti eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy uchun Oskarga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimi vaqtida bir nechta yodda qolarni musiqiy chiqishlar kuzatildi: tadbirni Janel Mone o‘z qo‘shig‘i bilan ochib berdi, dastur o‘rtalarida Eminem barchaga zavq-shavq ulashgan bo‘lsa, marosim final qismida Billi Aylish va uing akasi Finneas O’Konnel qo‘shiq kuyladi.

Meduza taqdim etgan ushbu fotogalereyada Oskarning eng yodda qolarli lahzalari bilan tanishish mumkin.

“Parazitlar” filmi ijodkorlari jamoasi “Oskar – 2020” taqdirlash marosimining qizil yo‘lagida
Foto: Reuters

Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger (“Judi”)
Foto: AP

Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks (“Joker”). U marosimda insonning atrofidagi jamiyatga ta’siri haqida hayajonli nutq so‘zladi
Foto: Reuters

Eng yaxshi ikkinchi darajali rol ijro etgan aktrisa — Lora Dern (“Nikoh tarixi”)
Foto: Reuters

Eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasiga nomzodi qo‘yilgan Noa Baumbak ushbu yo‘nalishda haykalchani qo‘lga kiritgan Pon Chjun Xoni tabriklamoqda
Foto: Reuters

Bred Pitt “Bir kuni Gollivudda” filmidagi ijrosi uchun “Ikkinchi darajali eng yashi rol ijrochisi” nominatsiyasida ilk aktyorlik “Oskar”ini olmoqda
Foto: AFP

Bastakor Xildur Gudnadottir “Joker” filmidagi kompozitsiyasi uchun Oskar bilan mukofotlandi
Foto: AP

Elton Jon “Roketmen” filmidagi “(I’m Gonna) Love Me Again” qo‘shig‘i uchun ikkinchi bor Oskarga munosib ko‘rildi. U mukofotni Berni Topin bilan birga oldi
Foto: Reuters

Tayka Vaytiti “Quyon Jojo” filmi bilan “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” nominatsiyasida haykalchani yutib oldi
Foto: AFP

“Mushuklar” kinomyuziklida rol ijro etgan Jeyms Korden va Rebel Uilson “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyasi g‘oliblarini e’lon qilmoqda
Foto: Reuters

Eminem 17 yil avval Oskarga loyiq topilgan “Lose Yourself” qo‘shig‘ini yana ijro etdi
Foto: AFP

Janel Mone Oskar mukofotining 92-tantanali marosimini ochib bermoqda. U qo‘shiq ijro qilayotgan vaqtda bir nechta obrazni sahnada gavdalantirdi, jumladan “Quyosh ma’budasi” rolini ham ijro qildi
Foto: EPA

Eng yaxshi film — “Parazitlar”
Foto: Reuters

Skarlett Yoxansson ikkita yo‘nalishda nominant bo‘lgandi, biroq yakunda mukofot olmadi
Foto: AP

“1917” filmida bosh rollarni ijro etgan — Jorj Makkey va Din-Charlz Chempen
Foto: AFP

“Quyon Jojo” filmida rol ijro etgan Roman Griffin Devis hamda Archi Yeyts
Foto: Reuters

“Eng yaxshi qahramon ayol roli” yo‘nalishida nominant bo‘lgan Sharliz Teron (“Mojaro”)
Foto: Reuters

Eng yaxshi aktyor bo‘lish uchun kurashgan Jonatan Prays (“Ikki dada”)
Foto: AP

Margo Robbi “Mojaro” filmidagi roli bilan eng yaxshi ikkinchi darajali qahramon obrazi uchun mukofotni olishga urindi
Foto: AFP

Aktyor Billi Porter
Foto: Reuters

Oskarda eng yaxshi ayol roli uchun nomzod Sirsha Ronan (“Kichkina ayollar”)
Foto: Reuters

Eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi qo‘shiq ijrochisi sovrinlari uchun kurashgan aktrisa Sintiya Erivo (“Garriyet”)
Foto: AFP

От qwert.uz