O‘zbekiston Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Vazirlar Mahkamasidagi Ta’limni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi bilan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom va “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Agar qaror loyihasi taklif etilayotgan tahrirda qabul qilinsa, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatini amalga oshirishda ta’lim oluvchilarning kiyimlariga quyidagicha shartlar qo‘yishi kerak bo‘ladi:

  • turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo‘lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • o‘g‘il bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishlariga;
  • qiz bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga belgilangan shakllardagi maktab formasida kelishi ixtiyoriy, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi. Aynan shu qoida, qaror loyihasiga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilari uchun tavsiyaviy bo‘lishi kutilmoqda.

От qwert.uz