Markaziy Osiyoda ilk bor virtual boshlovchi televideniye efirida tirik odamni almashtiradi. Qozog‘istonning Atameken Business telekanalida yangiliklar dasturlaridan birini virtual suxandon olib bordi. Bu haqda Spot xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Atameken Business

i-Sanj gologrammasi qozog‘istonlik aktyor Sanjar Madi obrazida gavdalanadi, u har kuni iqtisodiy yangiliklar blokini olib boradi.

Foto: “Inform.kz”

Loyiha ustida mehnat qilgan jamoa a’zolarining aytishicha, yangiliklarning o‘ziga xos mazmuni texnologik personajlar xilma-xilligini ta’minlaydi. Loyihaning qiziqarli jihati ham shunda — intelektual kontent va yangi texnologiyalar uyg‘unlashadi.

Kiber-boshlovchining yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, bu i-Sanj’ning tezkor va xatosiz yangiliklardan xabardor qilish tizimi sari qo‘yilgan qadamlardan biri. U ta’tilga chiqmaydi, maosh olmaydi, grimm qilinmaydi va 24 soat davomida ishlashga tayyor.

Biroq telekanal prodyuseri televideniyeda ham kino va teatr san’atidagi kabi dramaturgiya muhim ahamiyatga ega ekani, virtual qurilmalar jonli mualliflik ko‘rsatuvlarini to‘liq almashtira olmaydi, degan fikrda. Loyiha mahalliy dasturchilarning neyron tarmog‘i orqali amalga oshirilgan.

Dunyodagi birinchi virtual teleboshlovchi 2018-yilda Xitoyda sinovdan o‘tkazilgan va ish boshlagan.

От qwert.uz