Xitoyning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgan, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilgan. Bu haqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “RIA Novosti”
31 ta provinsiyadan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 78 064 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan, 29 745 kishiga kasalxonalardan uyiga javo berilgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga yetgan.
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida 401 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan, 52 nafar bemor esa vafot etgan.
Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi 2019-yil dekabr oyi oxiridan boshlab tarqala boshlangan edi. Kasallik Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahridan tarqalgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik bilan bog‘liq vaziyatni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb tan olgan.