O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Suhbat davomida Mirzabek Xolmedov o‘zi haqidagi “yurak xurujidan vafot etdi”, “kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi” mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Men yoshligimdan shunaqa xabar eshitib kelaman. Bir safar o‘libdi, peshinda chiqarishar ekan, degan xabar tarqalgan. Uzoq safardan, yo‘ldan kelayotsam, eshigimning tagida tumonat odam, ‘peshinga chiqararkan deb keldik’, deyishdi, ‘yo‘q, sog‘-u salomatmiz’, dedim.
Rahmatli onam ‘seni tuprog‘ing yengil bolam, o‘zing uydasan-u, gaping ko‘chada’, derdilar. Keyin bir marta chiqdi bu gap, keyin yana bir marta chiqdi. Kim biladi, bu internetdagi shayton sifat odamlarning ishi bo‘lsa kerak. Fozilxo‘ja qori aka rahmatli ustozimiz bo‘lganlar, ular ‘shaytonsifat odamlar bor, shayton nima qilsa, o‘sha ishni odam bo‘lib turib qilishadi’, derdilar.
Mirzabek Xolmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1989-yildan buyon o‘z muxlislari uchun har yili konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kinokartinalarida rol o‘ynagan.