Ba’zan, uydami, dala-dashtdami kichikroq gulxan yoqishga to‘g‘ri kelib qoladi. Shunda, chirsillab yonayotgan olovga termulgancha, bir muddat o‘ychan bo‘lib qolamiz. Beixtiyor xayol daryosiga g‘arq bo‘lamiz.Bu, ko‘pchilikka xos bo‘lgan odatlardan biri albatta. Xo‘sh, unda aytingchi, yonayotgan olovga termulganimizda, nimalar xaqida o‘ylaymiz?
Taqdir taqozosi bilan qorong‘i tushgan paytlarda xam o‘zimizga notanish bo‘lgan ko‘chalarda yoki maxallalarda kimnidir, nimanidir qidirib borishga xam to‘g‘ri kelib qoladi. Shunda qorong‘ilik sabab, qidirayotgan narsamizni yoki kimsani topishga qiynalamiz. O‘nlab eshiklarni taqillatamiz. Ko‘cha eshigi atrofini yoritib qo‘ygan xonadon oldiga kelganda esa, «Xayriyat, yorug‘lik xam bor ekanku» deymiz.
Shundan keyin, uyga borganda, o‘zimiz xam ko‘cha eshigimizni yoritish xaqida o‘ylab xam ko‘rmaymiz.
Nega ?
Xozirgi kunda do‘stlar bilan o‘tkaziladigan xar-xil ziyofatlar, yig‘inlar ko‘proq choyxona, kafe kabi joylarda o‘tkazilishi odat tusiga kirdi.(Karantin davrida emas albatta!). Lekin ana shu ziyofatlarda agar e’tibor berilsa, ba’zan kech qolib kelgan kishilar tashqaridan kirib, o‘tirganlar bilan qo‘l berib so‘rashib chiqishadi. Buni orasida «Qo‘lim toza, yuvganman, ko‘nglingizga keltirmang» deb qo‘shib xam qo‘yishadi. Tashqaridan kirib kelgan kishi xamma bilan qo‘l berib so‘rashib chiqish o‘rniga, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, o‘tirganlarga «Barchaga yoppasiga salom» deb, so‘ngra davraning bir chetidan joy olishi shaxsiy gigiyena qoidalari talabiga mos kelishi ayni muddao emasmi?
Nima uchun shu qoidani amalda xar doim tadbiq eta olmaymiz? Bunga kim xalaqit beradi yoki qarshilik ko‘rsatadi?
Faraz qiling, oila a’zolaringiz bilan jamoat joyidasiz. Nima bo‘ldiyu, bir nechta etiketka yoki qandaydir qog‘oz parchalarini tashlab yuborishga to‘g‘ri keldi. Yaqin atrofingizda maxsus axlat qutilari ko‘rinmaydi. Siz bu arzimas chiqindilarni kerakli joyini topib tashlab yuborasizmi yoki sabr qila olasizmi? …
Kechki payt oila a’zolaringiz bilan televizor ko‘rib, xordiq chiqaryapsiz. Televizorda serial namoyish qilinmoqda. Nima bo‘ldiyu, serialdagi kadrlarni ko‘rib, uni oilaviy ko‘rish durust emas degan fikrga keldingiz. Bu fikringizni oila a’zolaringizga shu zaxoti bildirib, televizorni boshqa kanalga o‘tkazib qo‘ya olasizmi?
Ko‘pincha daryo, ko‘llardan yonidan xox transportda, xox piyoda bo‘lsin, o‘tib ketayotib, suvga qarmoq tashlab, baliq tutib jordiq chiqarayotgan insonlarga xar safar ko‘zimiz tushganda, avvalombor ularga xavas qilamiz. Qo‘shimchasiga, albatta yaqin kunlarda vaqt ajratib, xuddi ular kabi qarmoqni olib, madaniy xordiq chiqariga qaror qilamiz. Lekin bunaqangi o‘nlab qarorlarimiz byurokratlarni qog‘ozda qolib ketgan va’dalari kabi ushalmas orzu bo‘lib qolaveradi.