Skameykada o‘tirgan qizga yigit dedi:
- Yaxshi qiz, malol kelmasa ismingizni ayta olasizmi?
Qiz javob qildi:
- Ismimni-ku ayta olaman. Lekin, yo‘lning u tarafidagi kelayotgan alp qomat jaxldor yigitimning changalidan qochib qutula olasiz deb ayta olmayman.
***
Ikki xazilkash do‘st uchrashib qolib, o‘zaro suxbatlashishibdi:
- Xayvonot bog‘iga borgan edik, qafasdagi maymun xammani mazax qilsa bo‘ladimi! Buni qaragin-ki, faqatgina meni mazax qilmadi xolos!…
Shunda do‘sti kulib, debdi:
- Demak seni odam emasligingni maymun xam bilibdi-da!
****
Ayol eriga dedi:
- Dadasi, sizga bitta “Syurprizm” bor. Qayoqqa shoshilyapsiz o‘zi?
Eri javob qildi:
- Onajonisi, meni yo‘ldan qo‘ymay turgin, dorixonaga shoshilyapman. O‘sha sen aytadigan “Syurpriz”ni eshitishdan oldin yurakni tinchlantiradigan validol olib kelmoqchiman!
***
- Dadasi, qayoqqa ketyapsiz?
- Bozorga.
- Bozor qilish uchun ro‘yxatini yozib beraymi?
- Eshitmadim?
- Mayli, o‘zingiz bilib, bozor qilavering.
- Xa, endi tushundim!
***
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF