***

— Dadasi, «Tush o‘ng bo‘lmaydi, o‘ng tush bo‘lmaydi» deyilishini ma’nosini nima deb o‘ylaysiz?

— Endi, onasi, bu shu deganiki, mabodo masalan men tushimda alaxsirab, xar-xil ayollarni ismini aytib chaqira boshlasam, bunga jiddiy e’tibor berma. Axir tush o‘ng bo‘lmaydi-da!

***

— Qo‘shni maxalladagi Raxmon buva vafot etibdi. Sen uni tanirmiding?

— Yo‘q, eslay olmadim.

-Barvasta bo‘yli, qalin soqolli, ko‘zoynak xam taqardi?

-Bilmasam, agar ko‘rsam balkim tanirman!

***

— Dada, nimaga kecha bozorda begona ayol sizdan «ko‘rinmaysiz» deb so‘radi?

— E, o‘g‘lim, u ayol shifokorda, unga tez-tez ko‘rinib, o‘zimni tekshirtirib turishim kerak. Shuning uchun xam u «Nega qabulimga kelib, o‘z vaqtida ko‘rinmaysiz?» demoqchi!

***

— Tashqarida odamlar qolmadimi?

-Yo‘q, barcha odamlar o‘z joylarini egallashdi. Faqat xaydovchilar qoldi!

***

— Onajonisi, agar istasang osmondagi oyni olib beraman — dedi bashang kiyingan er xotiniga.

Xotini esa, boshidagi eskirib rangi o‘chib ketgan rumolini boshiga qayta o‘rab, dedi:

— Ovora bo‘lib nima qilasiz, dadasi, axir xamma narsam borku!…

***

— O‘g‘lim, katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?

— G‘irt bekorchi bo‘laman, dada!

— Iye, o‘g‘lim, bo‘naqada oilani kelajakda nimani xisobiga tebratmoqchisan?

-Xo‘sh o‘zingizchi dada, g‘irt bekorchi bo‘la turib, oilamizni xozirgacha qanday tebratyapsiz?

— E, o‘g‘lim, xar bir oilaning o‘ziga yarasha bir «sir-sinoati» bo‘ladi!

Ota shunday deya, boshqa xech narsa demasdan, xozirgina ishdan charchab kelib, kechki ovqatga urinayotgan oilaning «sir-sinoati» ga, ya’ni xotiniga ma’noli qarab, javobidan «mamnun bo‘lib, «jilmayib qo‘ydi.

***

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz