— Sen suzishni bilasanmi?
— Yo‘q. O‘zingchi?
— Men xam bilmayman. Maxsus suzish xavzalariga borib, instruktor yollasak, o‘rganib olamiz. Shu xam muammo bo‘ldi-yu!
— To‘g‘ri aytasan, muammo bu emas. Xaqiqiy muammo biz suzib ketayotgan kemaning okean o‘rtasida ekanligini va kemamizning xozirgina xalokatga uchraganini bilmaganingda xolos!…
— Dugonajon, nega xomushsan?
— Erim aroq ichishni tashladi.
— Shunday ekan, nega xursand bo‘lish o‘rniga…
— U araq ichishni tashlab, konyak ichishni boshlabdi!…
— Qayerdan kelyapsan?
— U yoqdan.
— Qayerga ketyapsan?
— U yoqqa.
Javoblaring juda g‘alatida. Qani, ularning ma’nosi?
-U yoqda!…
AVTOBUSDA:
— Janob, siz bilan tanishmizmi?
— Yo‘q!
— Mabodo, menda qasdingiz yo‘qmi?
— Albatta yo‘q. Nima uchun bularni so‘rayapsan?
— Unday bo‘lsa, iltimos, oyog‘imdan oyog‘ingizni olsangiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF