Qatra xandalar (Butun maxalla eshitdi…)
— Janob, siz ichasizmi?
— Xa, ichaman.
— Ichish sog‘lik uchun zararliginichi, bilasizmi?
— Nimalar deyapsiz, tomingiz joyidami? Ichaman deganimda choy bilan qaxvani nazarda tutganimni bilasizmi?!…

— Siz qo‘rqinchli narsalardan qo‘rqasizmi?
— Qo‘ysangizchi, ulardan zarracha xam qo‘rqmayman.
— Vampirlardanchi, ya’ni xaligiday qonxo‘r odamsimon vaxshiy maxluqlardan?
— Bu narsalar sizdaqalar o‘ylab chiqargan uydirma. Bunaqa maxluqlar xayolimga xam kelmagan!
— Bo‘lmasa, nimaga sizni arqon bilan bog‘lab qo‘yganim xaqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
— Menimcha, xazillashmoqchi bo‘lyapsiz!
— Xa, dovyurak yigit ekansiz. Endi esa mana bu tishlarimni ko‘ryapsizmi, Xecham qo‘rqmang. Bir marta qattiq og‘riq paydo bo‘ladi-yu, keyin u yog‘ini sezmaysiz…

— Qo‘shni kechagi futbol o‘yinini ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim!
— Iye, naxotki, xisob qanday tugaganini xam eshitmadingizmi?
— Yo‘q eshitmadim. Lekin, yarim kechasi xammayoqni boshingizga ko‘tarib, baqirganingizni butun maxalla qolib, o‘sha futbolchilarni o‘zi xam eshitdi!…

— Soat necha bo‘lganini aytib yubora olasizmi?
— Yo‘q, uzr, ayta olmayman. O‘zingiz bemalol qo‘limdagi soatga qarab, vaqtni bilib olishingiz mumkin.
— Nega axir?
— Chunki ko‘zlarim ojiz, xech narsani ko‘rmayman.
— Xayron qoldim, ko‘zlaringiz xech narsani ko‘rmasa-yu, yana soat taqib olganingizga o‘laymi?
— Siz kabi to‘rt muchali, ko‘zi sog‘, lekin qalb ko‘zi ko‘r bo‘lgan insonlarga vaqtni bilishda ko‘mak berish uchun!…
—

Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF