Eshik taqillaydi.
— Kim u?
— Bu men, «o‘shaman»!
— E, anavi «O‘tgan kunlar»dagi «o‘shami»?
— Yo‘q, o‘tgan xaftadagi «o‘sha» sizga qarz bergan bolaman. Qarzimni undirgani keldim!…
— Bizni ishimizni xal qilib bera olasizmi?
— Xech xam iloji yo‘q!
— Bir oz pul bersakchi?
— Vijdon sotilmaydi!
— Ko‘proq miqdorda pul, ya’ni aytgan pulingizni bersakchi?
— Unda vijdondan so‘rab ko‘ramiz!
— Dadasi, ovqatga chiqasizmi?
Er javob qilmaydi. Bir oz vaqt o‘tgach esa, erning ichkaridan ovozi keladi :
— Xozir ilojim yo‘q….
Xotin: Voy o‘lmasam, qorningiz to‘qmi?
Er: Yo‘g‘ey, xotin.Xazillashdim. Unaqa deganim yo‘q! O‘zi endigina ishdan keldim-ku….
So‘ngra tashqariga chiqib, telefonga sekingina dedi:
— Ana Sayyoraxon, «xozir iloji yo‘q» dedimku, sezib qolay dedi-ya!
— Xoy ko‘zing bormi? Meni bosib olding!…
— Ko‘zim bor! Kim bu o‘zi, gapirgan?
— Men, bu non ushog‘iman!
— Iye, tavba! Sen xam gapirasanmi?
— Axir seni qalbing xam, ko‘zing xam ko‘r bo‘lgach, gapirishga majbur bo‘lamanda!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF