Muborak tug‘ilgan kun,

Senga barcha tilagim.

Muqaddas ayyom bu kun,

Salomat bo‘l malagim!

Tavallud kun muborak,

Barcha do‘stlar bundadir,

Xapqirib urar yurak,

Dunyo ko‘zi sendadir!

Xazil SMS she’r:

Tug‘ilgan kuning bilan,

Tabriklaymiz barchamiz.

Tursang chap yoning bilan,

Qutlaymizu, qochamiz!

Xazil SMS she’r:

Muborak bo‘lsin ayyom,

Emasman Umar Xayyom.

Lekin bag‘ishlab senga,

Shu tavallud kuninga,

To‘rt qator she’r bitayin,

Mexrim qo‘shib atayin.

Meni dema, betayin,

Qutlab, so‘ngra ketayin!

Jonim, ayyom muborak,

Qilarman ezgu tilak.

Yurak senga talpinib,

Chiqaman der yulqinib.

Xozircha ol gulimni,

Oqshom ochgum ko‘nglimni!

Tug‘ilibsan sen bu kun,

Deyman oyga «tez berkin».

Uyaltirding sen uni,

Nishonlaymiz biz buni!

Qutlayman chin qalbimdan,

Ayyoming qutlug‘ bo‘lsin.

Gullar beray chin dildan,

Qalbing quvonchga to‘lsin!

Muborakbod etaman,

Qutlaymanu, ketaman.

Chunki qadrim bilmaysan,

Nazar-pisand qilmaysan.

Oldingdan suv oqqanda,

Qadriga yetmaysanda.

Qadri bilingan choqda,

«Suv» bo‘ladi yiroqda!

Xazil SMS she’r:

Ayyom bilan qutlasam,

Gullar to‘shab poyingga.

Lek va’damda turmasam,

Nima deyman oyingga?

Yer qattiq, osmon yiroq,

Tug‘ilgan kuning biroq,

Shuni qilib baxona,

Uchrashaylik pinxona,

Ataylab oldim sovg‘a,

«Uchrashuv» tomon olg‘a!

Tug‘ilgan kuning bu kun,

Meni taklif qilmabsan.

Ko‘nglimda ne borligin,

Azizim, tushunmabsan.

Bardoshliman aslida,

Jaxlimni so‘ndiraman.

Derazangni ostida,

Sovg‘amni qoldiraman!

Xazil SMS she’r:

Tug‘ilgan kuning ekan,

Seni tabriklash oson,

Sovg‘am bo‘lur chinakam,

Olib beraman qozon!

Ayyom muborak bo‘lsin,

Qalbing quvonchga to‘lsin.

Umring bo‘lib ziyoda,

Aslo qolmay piyoda,

Borib «Omad-Shou»ga,

Ega bo‘lgin «DEU»ga!

Xazil SMS she’r:

Tug‘ilgan kuning ekan,

Demak, ziyofat tekin.

Sovg‘am kelar ertaga,

Qilmayapman jo‘rttaga.

«Nasiya»ga yozib tur,

«Vecher»ga kirgizib tur!

Qutlug‘ bo‘lsin, bu ayyom,

Poyondozmiz poyingga.

Bu kun o‘zgacha bayram,

Oy xushtor chiroyingga!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz