Tug‘ilgan kuningiz bilan! Xayotning barcha lazzatlaridan baxramand bo‘lishingizni, faqat mamnuniyat bilan xayot kechirishingizni tilab qolaman! Sizga yaratgandan sog‘lik, kuch-qudrat, farovon turmush, osoyishtalik va tinchlik-xotirjamlik ato etishini so‘raymiz. Barcha ishlaringizda omad qushi sizga yor bo‘lsin! Yaqinlaringiz va yor-do‘stlaringiz sizga madadkor bo‘lsin!

Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Xayotingiz faqat baxtli va quvonchli onlardan iborat bo‘lishi uchun Sizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Sizni kelgusida quyoshning zarrin nurlariga yo‘g‘rilgan xuzurbaxsh kunlarga yetishishingizni tilab qolaman. Xar doim xozirgiday jasur, mard va metinday mustaxkam iroda egasi bo‘lib qolishingizni xamda yaqinlaringizni Siz bilan faxrlanib yurishlarini astoydil xoxlab qolaman. Xayotda uchraydigan xar qanday baland cho‘qqilarni birin-ketin zabt etib, oldingizga qo‘yilgan barcha maqsadlarni muvaffaqqiyat bilan ado etishingizga tilakdoshman! Albatta, eng asosiysi, baxtli oilaviy xayot, yaqinlaringiz mexr-muxabbati va umid-ishonchi Sizga xamisha yo‘ldosh bo‘lsin!

Tug‘ilgan kuningiz bilan! Sizda bitmas-tuganmas mol-davlat, oilaviy tinchlik, sixat-salomatlik va qalbingizda ruxiy tetiklik bo‘lishiga tilakdoshman! O‘z oldingizga ulkan va ezgu maqsadlarni qo‘yishdan aslo charchamang, bu xayrli ishlaringizda barcha yaqinlaringiz Sizga bir umr tirgak bo‘lsin! Xayotga yangicha nazar bilan qarab, zavqlanib yashang va baxtli xayot nashidasini suring!

Tavallud ayomingiz bilan tabriklayman! Kundalik xayotingizda sizni baxtli qila oladigan barcha zaruriy narsalarni bo‘lishiga tilakdoshman. Barcha ezgu-niyat maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin. Istaklaringiz amalga oshsin. Baxtli-taxtli, tinch-totuv va farovon, dorilomon xayot kechirish nasib etsin!

Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Metinday sog‘lom, kuch-qudratli va omadli inson bo‘lish nasib etsin. Sizga xayotingizda farovonlik, baxt, omad, yaxshi kayfiyat doimiy xamroxingiz bo‘lsin! Yaqinlaringiz mexr-oqibatiga, xamkasblaringiz xurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ling! Oilangizga va barcha yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik xamda farovon turmush kechirish baxtini tilab qolaman!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz